Seşanba kunidan beri Rossiyadagi harbiy manbalar Ukraina qurolli kuçlari quruqlik orqali Belgorod oblastiga hujum uyuştirayotgani haqida xabar bermoqda. Ularning ma’lumotlariga köra, Ukraina bölinmalari region şimoli-ğarbidagi Krasnoyarujskiy rayonida, Kursk oblasti bilan tutaşgan nuqtada Rossiya çegara mudofaasini yorib ötişga harakat qilmoqda.

Ukraina qöşinlari yaqinda Kursk oblastining 2024 yil avgustidan buyon egallab turilgan Sudja rayonining katta qismidan çekindi, ammo Guyevo qişloği yaqinida va R200 Sumi-Yunakovka-Sudja yöli böylab Gogolevka qişloği va Oleşnya nazorat-ötkaziş punkti yaqinida Rossiya hududining çegara uçastkalarini uşlab turişda davom etmoqda.

Öz navbatida, Rossiya armiyasi R200 trassasidan ğarbda, Novenkoye qişloği yaqinida Ukraina hududining kiçik bir qismini egallab olgan. Bu uçastkalarning barçasida Rossiya armiyasi hujum qilmoqda, bu hududlarda janglar töxtamayapti.

Rossiya harbiy kanallarida aytilayotgan Ukrainaning yangi hujumlari Kursk oblastida qolgan (Guyevo hududidagi) kiçik platsdarmdan taxminan 25-30 km janubi-şarqda kuzatilmoqda.

Bu çalğituvçi zarba bölişi ham, Ukraina qurolli kuçlarining Rossiyaning «Sever» guruhi kuçlarini yoyib yuborişga qaratilgan umumiy strategiyasining bir qismi bölişi ham mumkin. Umuman olganda, bunday hujumlar butun hozirgi harbiy kampaniya uçun xos hisoblanadi.

Bölinmalar Sudja hududidan olib çiqilgaç, Ukraina qurolli kuçlari qömondonligi ixtiyorida böş zaxiralar paydo böldi, Kursk oblastidagi rus guruhi qömondonligi esa hali ham asosiy vazifa – butun Rossiya hududini ozod qiliş bilan band.

Rossiya mudofaa vazirligi 18 mart kuni rasmiy ravişda AQŞ va Rossiya prezidentlarining telefon suhbati atrofida «salbiy fon yaratiş» hamda Donald Trampning «tinçlik taşabbuslarini obrösizlantiriş» uçun Ukraina soat 5:50 da Belgorod oblasti ğarbida Demidovka va Prilese aholi yaşaş manzillari yönalişida «Ukraina qurolli kuçlari bölinmalarining bostirib kirişga urinişi» amalga oşirilganini ma’lum qildi.

Rossiya harbiylari ma’lumotiga köra, seşanba kuni Ukraina qurolli kuçlari Belgorod oblasti yönalişida beş marta hujumga uriniş amalga oşirgan, oxirgisi – soat 17:30 dan 18:45 gaça. Barça hujumlar qaytarildi, deya ma’lum qildi Rossiya mudofaa vazirligi.