Töğon böylab zarbalar töğrisidagi ilk xabarlar OAVda 24 oktyabr kuni tongida paydo bölgandi. Öşanda Belgorod oblasti rasmiylari hududda raketa zarbasi xavfi mavjudligi hamda Grafovka qişloği öqqa tutilgani haqida xabar bergandi, töğon boşqaruvi binolari aynan şu qişloqda joylaşgan.

25 oktyabr kuni oblast gubernatori Vyaçeslav Gladkov suv ombori töğoniga zarar yetkazilgani töğrisida xabar qildi.

«Duşman yana bir bor zarba berib, töğonni buzişga urinib körişi mumkinligini tuşunamiz. Agar bu sodir bölsa, Xarkiv oblasti tomonda suv daryo özanidan toşib çiqişi hamda 1000 ga yaqin kişi yaşovçi aholi punktlarimizning bir neçta köçalarini suv bosiş xavfi paydo böladi», – degan u.

Gubernator atrofdagi hududlar – birinçi navbatda Bezlyudovka va Novaya Tavoljanka qişloqlari aholisini evakuatsiya bölişga çaqirgan.

Katta ehtimol bilan, 26 oktyabr tongida töğon böylab takroriy zarba yöllangan.

Ukraina uşbu hujumlar uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi. 26 oktyabr kuni keçqurun Ukraina qurolli kuçlari Pilotsiz tizimlar kuçlari qömondoni Robert Brovdi («Madyar» laqabi bilan tanilgan) Belgorod suv omborida «yoriq paydo bölgani» va u yerda suv hajmi bir metrga pasayganini aytdi. U bu zarba uning qöli ostidagilar tomonidan yöllanganini qayd etgan.

«Bu taşrif Pilotsiz tizimlar kuçlarining 1-alohida markazi quşçalari tomonidan amalga oşirildi. Operatsiya „Damba, nimadir bölsa, çida!“ nomini olgan, ammo, körinib turibdiki, damba biroz buzilgan», – deya yozadi «Madyar».

Bu vaqtda esa Rossiya naşrlari va harbiy muxbirlarining xabarlarida Ukraina suv ombori töğoniga HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimlaridan ham raketalar uçirgani aytilgan.

Hujumlar natijasida yöl, uskunalari bölgan bir neçta inşootlar va bir yoki ikkita şlyuzning mexanizmlari jiddiy şikastlangan, şuning uçun nazoratsiz suv çiqişi boşlangan. Buni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan foto va videolarda köriş mumkin.

Belgorod suv ombori haqida nimalar ma’lum?

Suv ombori 1985 yilda Şimoliy Don daryosida, Belgoroddan 10 km janubda qurilgan. Dastlab uşbu inşootdan mintaqadagi sanoatni suv bilan ta’minlaş uçun foydalaniş rejalaştirilgandi, ammo keyinçalik suv ombori bu ahamiyatini yöqotib, rekreatsion hududga aylandi.