O‘zbekiston | 19:11 / 03.10.2016
50403
2 daqiqa o‘qiladi

Fotogalereya: «Islom ota» jome' masjidi restavratsiyadan so‘ng qayta ochilish arafasida

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning farzandi Lola Karimova-Tillayeva o‘zining internetdagi sahifalari orqali Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasida qayta tiklangan jome' masjidining tez kunlarda foydalanishga topshirilishi haqida ma'lum qilgandi. Ushbu masjid 2015 yilning bahorida ro‘y bergan yong‘in natijasida deyarli butkul vayron bo‘lgan, keyinroq binoda restavratsiya ishlari boshlangandi. 

Kun.uz fotomuxbiri Toshkentning Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan ushbu «Islom ota» jome' masjidining yangi suratlarini taqdim etdi. 

Ma'lumot uchun, masjidni tiklash ishlari o‘tgan yilning oxirida boshlanib, 9 oy davom etgan. Jome' masjidining umumiy maydoni qariyb ikki barobar oshgan - 2900 kvadrat metrdan 5400 kvadrat metrgacha kengaytirilgan. Mazkur masjidda 560 nafar kishi namoz amallarini ado etishi mumkin.

Yangi qurilgan masjid binosida kutubxona va tahorat xonalari ham barpo etilgan. Bu yerda imkoniyati cheklangan insonlar uchun zarur uskunalar, havoni tozalab beruvchi qurilma va konditsionerlar tizimi moslab o‘rnatilgan. Masjid hovlisida dam olish joylari ham yaratilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid