Hujjatga muvofiq, 2026 yil 1 apreldan boşlab Toşkent şahrida yangi sanoat zonalarini taşkil etişga muddatsiz moratoriy joriy etiladi. Bunda xizmat körsatiş yoki moliyaviy xizmatlarga ixtisoslaşgan zonalar bundan mustasno hisoblanadi.
Farmonga köra, 2026–2030 yillarda atmosfera havosiga çiqarilayotgan ifloslantiruvçi moddalar miqdorini kamaytiriş, sanoat korxonalarida çang-gaz tozalaş uskunalarini keng joriy etiş hamda ekologik nazoratni kuçaytiriş asosiy vazifalardan biri etib belgilangan.
Şuningdek, issiqlik va elektr energiyasi işlab çiqaruvçi korxonalarda avtomatik monitoring stansiyalari örnatilib, ulardan olinadigan ma’lumotlar yagona geoaxborot tizimiga integratsiya qilinadi. Ekologik talablarga rioya etmagan korxonalarga nisbatan jarimalar kuçaytirilişi ham nazarda tutilgan.
Bundan taşqari, transport sohasida ham ekologik çoralar kuçaytiriladi. Jumladan, «avtomobilsiz kun» aksiyalari joriy qilinib, eski avtotransport vositalarini yangisiga almaştirişni rağbatlantiriş çoralari köriladi.

















