Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati hakamlarini e'lon qildi - unda o‘zbekistonliklar ham bor
Foto: Getty Images
FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e'lon qildi.
6 - 16 dekabr kunlari BAA mamlakatida o‘tkaziladigan musobaqada har bir konfederatsiyadan bittadan, jami 6ta hakamlar brigadasi ish olib boradi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi nomidan Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar mehnat qiladi.
Musobaqa bosh hakamlari: UYeFA - Feliks Brix (Germaniya), Osiyo FK - Ravshan Ermatov (O‘zbekiston), AFK - Malan Dedyu (Senegal), KONKAKAF - Sezar Arturo Ramos Ralasuelos (Meksika), KONMeBOL - Sandro Richchi (Braziliya), Okeaniya FK - Mettyu Konger (Yangi Zelandiya).
Yana 8 nafar hakam videoassistent tizimida ish olib boradi: Abduraxmon Al-Josim (Qatar), Mark Geyger (AQSh), Andres Kunya (Urugvay), Vilton Sampayo (Braziliya), Mauro Vigliano (Argentina), Artur Diash (Portugaliya), Kleman Turpen (Fransiya) va Feliks Tsvayyer (Germaniya).
Chempionatda «Real» (Ispaniya), «Pachuka» (Meksika), «Oklend Siti» (Yangi Zelandiya), «Al-Jazira» (BAA) va «Vidad» (Marokash) klublari ishtirok etadi. Noyabr oyi oxirida Janubiy Amerika va Osiyo qit'asidan ishtirok etuvchi klublar nomi ma'lum bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:36 / 19.01.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentdagi FIFA Series 2026 turnirida ishtirok etadi
18:34 / 14.01.2026
Agar yaxshi o‘ynasak, O‘zbekiston butun dunyodan muxlislar orttiradi – Shomurodov
18:21 / 31.12.2025
FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi uchun yangi mukofot ta’sis etdi
19:58 / 29.12.2025