Jahon | 15:41 / 01.05.2015
1527
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya Kubaga 400 mln dollar ajratadi

658701

Kun.uz: Kuba va Buyuk Britaniya qishloq xo‘jaligi va energetika sohalariga oid loyihalarning amalga oshirilishi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Shartnoma doirasida Buyuk Britaniya loyihalarning ijrosiga 400 mln dollar miqdoridagi investitsiyani yo‘naltiradi. Bu haqda ikki mamlakatning qo‘shma loyihasi bo‘lmish “Kuba tashabbusi”ning rahbari Jon Xatton bayonot berdi. Kelishuvlar Gavanada aprel oyining oxirida o‘tkazilgan biznes forum doirasida imzolangan. Ma'lum bo‘lishicha, shartnomada Kuba hududida yangi golf maydonining qurilishini moliyalashtirish ham ko‘zda tutilgan.

rah
Tayyorlagan rah
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish