Jahon | 15:52 / 03.05.2015
2743
1 daqiqa o‘qiladi

Everest cho‘qqisi Nepaldagi zilziladan so‘ng pastladi

1036543616 Kun.uz: Joriy yilning 25 aprelida Nepalda bo‘lib o‘tgan eng kuchli yer silkinishi Everest cho‘qqisining pastlashiga sabab bo‘lgan. Bu haqda UNAVCO geofizika tadqiqotlari tashkiloti ma'lumotiga asoslanib, The Huffington Post nashri xabar bermoqda. UNAVCO olimlari tabiat xodisasidan so‘ng dunyo tog‘larining eng yuqori cho‘qqisi 2,5 santimetrga pastlaganini ta'kidlashmoqda. Olimlar o‘z fikrlarini Yevropa fazo agentligi sun'iy yo‘ldoshi Sentinel-1A ko‘rsatkichlariga asoslanib ma'lum qilishgan. Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi tadqiqotlar instituti professori Rojyer Bilxam esa Everest cho‘qqisining bir-ikki millimetrga pasayganini aytmoqda. O‘z o‘rnida Himolay tog‘ tizmasida joylashgan Annapurna tog‘i 20 santimetrga o‘sganligi ta'kidlanmoqda. Fabrika Formatovo-NEPAL-EARTHQUAKE-EVEREST-SHRINKS-900 xab-2
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish