Jahon | 13:24 / 04.05.2015
1660
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda 10 nafar diniy radikal qamoq jazosiga hukm qilindi

0840

Kun.uz: Tojikistonda diniy ekstremistik oqimning 10 nafar a'zosi qamoqqa olindi. Bu haqda mamlakat oliy sudiga asoslangan holda Interfaks agentligi ma'lumot bermoqda. “Sudlanuvchilar Tojikiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 187.2, 307.2, 307.3-moddalari bo‘yicha uyushgan jinoiy guruh tashkil etish va unda ishtirok etish, ekstremistik tashkilot yaratish va unda ishtirok etishda aybdor deb topildi”, - deb ma'lumot berdi sud xodimi. Ayblanuvchilar 30 yoshdan 38 yoshgacha bo‘lgan erkaklar bo‘lib, ular “Jamoat Ansorulloh” oqimi a'zolaridir. Ularning har biri 8.5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

uy

rah
Tayyorlagan rah
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish