Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Polshada o‘tkaziladigan Ikkinchi Jahon urushi tugaganining 70 yilligi tadbirlarida ishtirok etadi

Kun.uz: Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Polshaga tashrif buyurib, Ikkinchi Jahon urushi tugaganining 70 yilligiga bag‘ishlab 7-8 may kunlari o‘tkaziladigan marosimda ishtirok etadi. Bu haqda Polsha prezidenti Bronislav Komorovskiyning sayti orqali ma'lum qilindi. Poroshenkodan tashqari, tadbirda ishtirok etishga Bolgariya, Xorvatiya, Kipr, Chexiya, Estoniya, Litva, Ruminiya prezidentlari, shuningdek, Ispaniya va Latviya parlamentlari raislari, Slovakiya bosh vaziri, Germaniyaning sobiq prezidenti Xorst Keler, Vengriya parlamenti raisi o‘rinbosari va Fransiya mudofaa vaziri rozilik bergan. Bundan tashqari, tadbirda BMT bosh kotibi va Yevropa Kengashi raisining ishtirok etishi kutilmoqda.