Jahon | 08:45 / 06.05.2015
1626
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuela prezidenti G‘alaba bayramini Moskvada nishonlaydi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 9 may kuni Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlab Moskvada o‘tkaziladigan tantanalarda ishtirok etadi. Bu haqda El Siglo nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Maduroni Vladimir Putin shaxsan taklif qilgan. Endilikda uning Moskvada o‘tkaziladigan G‘alaba paradida ishtirok etishi kutilmoqda.
Ayni paytda 9 may kuni Moskvaga 20 davlat rahbari tashrif buyurishi ma'lum.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish