Sport | 09:53 / 07.05.2015
2796
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston vakillari Tailandda shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashadi

7 may kuni Tailandning Pattayya shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jahon chempionati bahslari boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Mazkur dunyo birinchiligi shveysarcha tizimda 9 turdan iborat bo‘lib, unda O‘zbekiston sharafini 2014 yili Braziliyada bo‘lib o‘tgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari aka-uka Javohir hamda Islombek Sindarov, shuningdek, Akobirxon Saydaliyev, Abdulbosit Sharifjonov va Suxrobjon Avvalboyev himoya qiladi.

Barcha yosh guruhlarida g‘olib va sovrindorlar 14 may kuni ma'lum bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish