Sport | 08:11 / 08.05.2015
1281
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh kompaniyasi Ashxobodda golf-kort quradi

AQShning “Niklaus Dizayn” golf-kompaniyasi rahbari Jyek Niklaus Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuvda Turkmanistonda golfni rivojlantirish uchun barcha yordamni berishga tayyorligini bildirdi.

2014 yili Ashxobod shahrida umumiy maydoni 50 gektar bo‘lgan golf-kort qurilmoqda. Prezident qaroriga ko‘ra, qurilish ishlari 2016 yil oktabrida yakunlanib, obekt foydalanishga topshirilishi kerak.

“Biz bu sohadagi boy tajribamizni ishga solgan holda eng yaxshi, eng sifatli golf-kortni quramiz”, - dedi Jyek Niklaus. Uning ta'kidlashicha, obekt Ashxobodda o‘tadigan yopiq inshootlardagi 2017 yilgi Osiyo o‘yinlariga qadar foydalanishga topshiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish