Jahon | 09:51 / 09.05.2015
5092
1 daqiqa o‘qiladi

G‘alaba paradi chog‘ida Bishkek ustidan Rossiya samolyotlari uchib o‘tdi

Qirg‘iziston poytaxtida bo‘lib o‘tgan Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan paradda Rossiyaning 100 nafar harbiy xizmatchisi ishtirok etdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma'lumot bermoqda.
Aytilishicha, parad chog‘ida Rossiya aviatsiya bazasi samolyot ekipajlari Bishkek ustidan uchib o‘tgan.
Bundan tashqari, paradga Rossiya harbiy texnikasi jalb qilingan, BTR-70M piyodalar harbiy mashinalari va va D-30 gaubitsalari, BM-21 yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari shular jumlasidandir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish