Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:43 / 09.05.2015
5036
1 daqiqa o‘qiladi
Orenburgda o‘zbekistonlik noqonuniy muhojirlar ketayotgan avtobus to‘xtatib qolindi
Rossiyaning Orenburg viloyatida 57 nafar o‘zbekistonlik noqonuniy muhojirlar ketayotgan avtobus to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat migratsiya xizmati ma'lumot tarqatdi.
Yo‘lovchi avtobusi Qozon-Orenburg-Oqbuloq yo‘nalishida, Qozog‘iston chegarasiga yaqin hududda to‘xtatib qolindi.
Tekshiruv chog‘ida barcha yo‘lovchilar Rossiya hududiga noqonuniy kirgani aniqlandi.