Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 23:31 / 09.05.2015
3042
2 daqiqa o‘qiladi
"Real Madrid" o‘z uyida "Valensiya" bilan durang o‘ynadi
Ispaniya chempionati 36-turida "Real Madrid" o‘z uyida "Valensiya"ni qabul qildi. Birinchi bo‘lim 0:2 hisobida mehmonlarning ustunligida yakunlandi. Gollarga 20-daqiqada Pako Alkaser hamda 26-daqiqada Xavi Fuego mualliflik qildi.
Ikkinchi bo‘limning 56-daqiqasida "madridliklar" himoyachisi Pepe hisobdagi farqni qisqartirdi. O‘yinning 86-daqiqasida Isko uzoq masofadan gol kiritib, hisobni 2:2 ko‘rinishiga olib keldi.
O‘yin shu hisobda yakunlandi. Ushbu durangdan so‘ng "Real" 86 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish