O‘zbekiston | 12:50 / 11.05.2015
2147
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Xitoy delegatsiyasi keladi

O‘zbekistonga Syamen shahrining Xorijiy ishlar va xorijdagi xitoylik muhojirlar ishlari bo‘yicha devoni bosh direktori Xun Chentszun boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi xabar bermoqda.

Delegatsiya Syamen shahrida 8-11 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Xalqaro savdo-iqtisodiy yarmarka nufuzini Markaziy Osiyo mamlakatlarida oshirish, qo‘shni mamlakatlardan ushbu yarmarkaga tashrif buyuruvchi manfaatdor shaxslar sonini ko‘paytirish maqsadida tashrif buyuradi.

Xabar berishlaricha, 6 kishidan iborat delegatsiya 2015 yilning may-iyun oylarida O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish