Jahon | 05:49 / 12.05.2015
2222
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Saudiya Arabistoni qiroli bilan AQShda uchrashuv o‘tkazadi

AQSh prezidenti Barak Obama Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bilan Fors qo‘ltig‘i davlatlarining sammitidan oldin uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Oq uydagi manbaga asoslanib, Reyter xabar qildi.

Fors davlatlari sammiti joriy haftaning oxirida Kemp-Devidda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

AQSh va Saudiya Arabistoni davlatlari rahbarlari uchrashuvida o‘zaro harbiy hamkorlik masalalari, terrorizmga qarshi birgalikda kurash bo‘yicha ishlar hamda Raketaga qarshi kurash tizimlarini (PRO) ishlab chiqishdagi muammolar muhokama etiladi.

Shuningdek, bu uchrashuvda kiberxakerlar hujumidan himoyalanishda birgalikda harakatlanish haqida gap boradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish