Jahon | 08:20 / 12.05.2015
1961
1 daqiqa o‘qiladi

Oq Uy Shell’ga Arktikada burg‘ulash ishlarini boshlashga ruxsat berdi

Oq Uy Shell Angliya-Niderlandiya qo‘shma korxonasiga Arktikada neft va gaz konlarini qidirishga ruxsat berdi. Bu haqda The New York Times gazetasi ma'lum qildi.
Qayd qilinishicha, Shimoliy Muz okeanida burg‘ulash ishlari 2015 yilning yozida boshlanadi.
Neft kompaniyalari ko‘p yillardan buyon Bofort va Chukotka dengizlarida neft va gaz sanoatini yo‘lga qo‘yishga harakat qilib kelayotgan edi. Shell bu borada yutuqqa erishgan birinchi yirik kompaniya bo‘ldi.
Shu bilan birga, ekologlarning fikricha, Arktika suvlaridagi burg‘ulash ishlari davomida avariya kelib chiqqan taqdirda bu 2010 yilda Meksika ko‘rfazida neft to‘kilishidan ham ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish