O‘zbekiston | 17:22 / 13.05.2015
1771
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Nyu-York va Kaliningrad yo‘nalishida uchuvchi reyslarni haftasiga ikki martagacha oshirdi

Toshkent – Nyu-York – Toshkent va Toshkent – Kaliningrad – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi qatnov chastotasi kiritildi. Bu haqda «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

«Sizga mamnuniyat bilan shuni ma'lum qilamizki, Toshkent - Nyu-York - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi qatnov kiritilmoqda. 2015-yilning 28-mayidan boshlab HY101/102 qatnovi haftaning payshanba va yakshanba kunlari bajariladi» deb yoziladi birinchi xabarda.

«Toshkent - Kaliningrad - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi qatnov kiritildi. Endi biz Kaliningradga chorshanba va yashanba kunlari uchamiz. Qatnovlar yozgi navigatsiyaning oxiriga qadar (2015-yilning oktabr oyi oxiriga qadar) jadval bo‘yicha bajariladi», deyiladi ikkinchi xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish