Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:56 / 13.05.2015
2273
1 daqiqa o‘qiladi
Yaponiyada 6,9 magnitudali zilzila ro‘y berdi
AQSh Geologik xizmati saytida xabar qilinishicha, Yaponiyada 6,9 magnitudali zilzila ro‘y berdi.
Yaponiya bosh meteorologik xizmatining ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 6,6 ballni tashkil qilgan.
Zilzila Xonsyu orolining sharqiy sohilidan 33 km uzoqlikda, Tinch okeanida ro‘y bergan. Jabr ko‘rganlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumot berilmagan. Tsunami ro‘y berishi xavfi mavjud emasligi aytilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish