Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:10 / 14.05.2015
4795
1 daqiqa o‘qiladi
Tojikistonda KXShT kuchlarining harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Kollektiv favqulodda choralar kuchlari Tojikiston hududida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Dushanbe aeroportiga Rossiya harbiy havo kuchlarining 17 dona Il-76 transport va bitta An-124 “Ruslan” samolyotlari kelib qo‘ngan. Ularda 98-diviziyaning parashyut-desant batalonidan 440 nafar askar hamda 60 texnika birligi mashg‘ulotlarda qatnashish uchun Tojikistonga olib kelingan.