Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 09:39 / 19.05.2015
4802
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyada musiqiy shou ishtirokchisi Mutlu Qaya otib ketildi
Turkiyalik 19 yoshli xonanda, televideniyedagi musiqiy shouda ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Mutlu Qaya boshidan o‘q yedi. Hurriyet Daily News gazetasida yozilishicha, qiz og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Voqea 18 may kuni sodir Diyorbakr viloyatida sodir bo‘lgan. Noma'lum shaxs uy hovlisiga kirib, deraza oldida turib Qayaga qarata o‘q uzgan. O‘q chiqishini mashq qilayotgan xonandaning boshiga tekkan.
Jinoyatchi qo‘lga olinib, politsiya idorasiga olib kelingan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish