Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 10:26 / 21.05.2015
4872
1 daqiqa o‘qiladi
Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Jahongir Vohidov g‘alaba qozondi
Tezkor shaxmat (rapid) yo‘nalishi bo‘yicha Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida turli viloyatlardan kelgan 106 nafar shaxmatchi g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
Turnir davomida shveytsarcha tizimda 7 tur o‘tkazildi. Barcha partiyalar 15+5 ko‘rinishidagi elektron soatlar asosida o‘ynaldi.
Turnir finaliga 7 ochkolik imkoniyatda 6 ochkodan jamg‘argan 4 nafar shaxmatchi yetib keldi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha samarqandlik xalqaro toifadagi groyssmeyster Jahongir Vohidov chempionat g‘olibiga aylandi.