Jamiyat | 17:35 / 22.05.2015
1789
1 daqiqa o‘qiladi

Volgogradda gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib olgan O‘zbekiston vakili jazoga tortildi

20 may kuni Rossiyaning Volgograd viloyatida, Kotovsk tumanining 35 yoshli gaz nazoratchisi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, Kuptsovo qishlog‘ida istiqomat qiluvchi bir shaxs noqonuniy ravishda gaz quvuriga ulanib olganini xabar qildi. Bu murojaat yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi.

1-20 may orasida gaz quvuriga qonunga xilov ravishda ulanib olgan shaxs 64 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aniqlandi. Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Davlat manfaatlariga keltirilgan zarar hajmi hisoblab chiqilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish