Jamiyat | 17:42 / 26.05.2015
2956
1 daqiqa o‘qiladi

Avstriyada terrorchilarni qo‘llab-quvvatlagan 14 yashar o‘smir 2 yilga qamaldi

Avstriya sudi terrochilarni qo‘llab-quvvatlashda ayblanayotgan 14 yoshli o‘smirni 2 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga mahkum qildi.

Reuters agentligining xabar berishicha, bola Suriyaga borib, IShID tarkibiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan, shuningdek, internetda bomba yasash haqida axborot qidirgan.

Ma'lum qilinishicha, o‘smir 2014 yilning oktabridan buyon izolyatorda saqlab kelingan. Qolgan 16 oylik jazoni u sud qaroriga muvofiq shartli muddat tartibida o‘taydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish