Jahon | 13:16 / 26.05.2015
2159
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston bosh vaziri Tojikistonga tashrif buyuradi

8 iyun kuni Qirg‘iziston hukumati boshlig‘i Temir Sariyev Tojikiston rasmiy safar uyushtiradi. Safar doirasida u Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Bundan tashqari, Sariyev 9-11 iyun kunlari Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan “Suv hayot uchun” harakatlar o‘n yilligi yakunlari bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish