Sport | 18:24 / 28.05.2015
1263
1 daqiqa o‘qiladi

Estoniya YeIda muhojirlar uchun joriy qilinajak kvotalarni adolatsiz deb baholamoqda

Estoniya Yevropa Ittifoqida joriy qilinishi ko‘zda tutilayotgan muhojirlar kvotasiga qarshi chiqmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Taavi Riyvas Delfi nashriga bergan intervyusida bayonot berdi.

Uning fikricha, kvotalar mantiqqa zid hisob-kitoblarga asoslanadi.
Yevrokomissiya rejasiga binoan Estoniyaga Italiyadan 443 va Gretsiyadan 295 qochqin yo‘l oladi.
Riyvasning fikricha, Ittifoqqa a'zo har bir davlat qancha muhojir qabul qila olishini o‘zi hal qilishi kerak.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish