Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 10:02 / 31.05.2015
2583
1 daqiqa o‘qiladi
750 kishi istiqomat qiladigan qishloqning futbol jamoasi Polsha oliy ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Nechecha qishlog‘ining “Termalika” jamoasi Polsha oliy ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi Sport.pl sayti.
Jamoa “Pogon” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnir tugashiga bir tur qolgan chog‘da yuqori ligaga chiqish yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Klubga 1922 yili asos solingan. U 2010/2011 yildan buyon Polsha birinchi divizionida ishtirok etadi.
Nechecha qishlog‘ida jami 750 kishi istiqomat qiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish