Jahon | 10:46 / 01.06.2015
1607
1 daqiqa o‘qiladi

Buryatiyada o‘rmon yong‘inlari hududi 11.7 ming gektarni qamrab oldi

Rossiyaning Buryatiya respublikasida oxirgi kunlarda o‘rmon yong‘inlari hududi 11.7 ming gektarga yetdi. Bu haqda respublika o‘rmon xo‘jaligi agentligining sayti orqali xabar berildi.
Yong‘inlarni o‘chirishga 260 kishi jalb qilingan bo‘lib, ular orasida o‘rmon qorovullari, mahalliy aholi vakillari va ijarachilar mavjud. Ishlarda 43 texnika birligi ishtirok etmoqda.
Buryatiyada favqulodda vaziyat joriy qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish