Jahon | 10:26 / 01.06.2015
1621
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya politsiyasi ananaslar ichidan 200 kg kokain aniqladi

Ispaniya politsiyasi ananaslar ichiga solingan 200 kg kokainni aniqladi, deb aytilmoqda Ispaniya Ichki ishlar vazirligi bergan xabarda.

Ichiga giyohvand modda solingan sitrus mevalar Janubiy Amerikadan Alxesiras shahri portiga kelgan kemadagi 10 ta transport konteynerida topilgan.

“Minglab barra ananaslar orasida ichki eti o‘yib olinib, ichiga kokain solingan ananaslar ham topildi: ananas ichiga kokain solingandan keyin uning usti ananas etiga monand qilib sariq mum bilan qoplab qo‘yilgan”, deyilmoqda xabarda.
Politsiya xodimlari tergov doirasida 3 kishini hibsga olishdi, yana boshqa hibsga olishlar ehtimoli mavjudligi aytilmoqda
Qayd etilishicha kema yukni Madrid va Barselona yaqinidagi San-Kirze-del-Valeseda joylashgan ikkita kompaniyaga yetkazishi kerak edi. Bu ikkala kompaniyaga ham asli kelib chiqishi kolumbiyalik bo‘lgan ispan fuqarolari egalik qilishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish