Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:37 / 01.06.2015
1971
1 daqiqa o‘qiladi
Nigeriyada benzovoz bekatga urilishi oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi
Nigeriyaning janubidagi Anambr viloyatida joylashgan Onicha shahrida 31 may kuni benzin tashuvchi yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berishi oqibatida kamida 37 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Agence France-Presse axborot agentligi.
Benzovoz haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, bekatga kelib urilgan. Zarba natijasida mashina ag‘darilb ketib, yonib ketgan. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakillari ushbu voqeani baxtsiz hodisa deb tasniflashmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish