Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 16:29 / 02.06.2015
2956
1 daqiqa o‘qiladi
G‘ijduvonda qo‘y o‘g‘risi qo‘lga olindi
Buxoroning G‘ijduvon tumanida qo‘y o‘g‘risi qo‘lga olindi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, fuqaro Nuriddin tuman IIBga murojaat qilib, qo‘rasidan to‘rt bosh qo‘y yo‘qolganini aytgan. Murojaat asosida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida o‘g‘ri topilgan.
Aniqlanishicha, bu ishni qo‘shni qishloqda istiqomat qiluvchi Farhod ismli yigit sodir etgan ekan.