Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Santyago Bernabeuda Rafael Benites "Real"ning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi
Rafael Benites rasman Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. “Qirollik klubi” qarorgohida yangi bosh murabbbiyning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ispaniyalik mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma imzolangan. 55 yoshli Benites ikki yil davomida “Napoli” jamoasini boshqargan edi. Neapolliklar A seriyaning so‘nggi turida “Latsio”ga 2:4 hisobida yutqazishdi. Aynan o‘sha o‘yin Rafa uchun “Napoli” boshqaruvidagi so‘nggi uchrashuv bo‘lib qoldi.
“Men uyga qaytdim. O‘ylaymanki, “Real” bilan yangi cho‘qqilarni zabt etamiz”, - dedi Benites.
Rafael Benitesning murabbiylikdagi faoliyati:
1986-1995: “Real” Madrid akademiyasi
1995-1996: “Valyadolid” (Ispaniya)
1996-1997: “Osasuna” (Ispaniya)
1997-1999: “Ekstremadura” (Ispaniya)
2000-2001: “Tenerife” (Ispaniya)
2001-2004: “Valensiya” (Ispaniya)
2004-2010: “Liverpul” (Angliya)
2010-2010: “Inter” (Italiya)
2012-2013: “Chelsi” (Angliya)
2013-2015: “Napoli” (Italiya)
2015- : “Real” Madrid (Ispaniya)