Sport | 13:53 / 03.06.2015
1789
1 daqiqa o‘qiladi

Yyerro Benitesning "Real"da birga ishlash haqidagi taklifini qabul qilmadi

2014-2015 yilgi mavsumda "Real"da Karlo Anchelottining yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan Fernando Yyerro jamoaning yangi bosh murabbiyi Rafael Benites tomonidan bildirilgan birga ishlash haqidagi taklifga rozilik bermadi.

"Real"ning sobiq futbolchilaridan biri hisoblanadigan Yyerro o‘zinig murabbiylik faoliyatini mustaqil ravishda davom ettirish niyatini bildirgan.

Uning keyingi mavsumda "Xetafe" jamoasida ishlashi haqida xabar qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish