Jahon | 10:14 / 05.06.2015
2009
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya bosh vaziri Ukrainaga boradi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 5-6 iyun kunlari Ukrainaga safar uyushtiradi.

RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, bu Ukraina va Yaponiya diplomatik munosabatlari tarixidagi birinchi rasmiy safardir.

Abe 7-8 iyun kunlari Germaniyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitiga borish chog‘ida yo‘l-yo‘lakay Ukrainaga kirib o‘tadi.

Ukraina prezidenti ma'muriyatining fikricha, ushbu tashrif Yaponiyaning Ukrainani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini namoyish etib berishga xizmat qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish