Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Iroqqa qaytadan qurol-aslaha yetkazib berishni boshladi
AQSh Iroqqa "IShID" bilan kurashishi uchun qurol-aslaha yetkazib berishni boshladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Pentagonda qurol-aslaha yetkazib berilishi ikki hafta oldin boshlangani ma'lum qilinmoqda. Xususan, Iroq xavfsizlik kuchlariga minomyotlar, tankka qarshi qo‘l granatomyotlari, pulemyotlar, avtomatlar hamda harbiy qurol-yarog‘ topshirilgan.
Aprelda Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Vashingtonga tashrifi paytida AQShdan barqaror ravishda qurol-aslaha yetkazilib berilishiga erishishga harakat qilishini ma'lum qilgandi.