Jahon | 00:47 / 06.06.2015
2286
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada 10 tonna Marokash nashasi qo‘lga olindi

Italiya sohilbo‘yi qo‘riqchilari Marokashdan Yevropaga 10 tonna nasha olib ketayotgan turk kemasini qo‘lga olishdi, deb xabar bermoqda Anadolu agentligi.

Turkiya bayrog‘i ostida harakatlanayotgan Merem nomli kema Sitsiliya bo‘g‘ozini kesib o‘tayotgan paytda qo‘lga olindi.

Kemada nasha borligi haqida turk politsiyasi xabar bergan. Voqeani tergov qilish bilan ikkala davlat vakillari shug‘ullanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish