Jahon | 16:55 / 07.06.2015
1609
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi teraktni tashkil etishda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi

Turkiyada Diyorbakir shahrida parlamentga saylovoldi namoyishida terrorchilik hujumini tashkil etishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi, deb Turkiya bosh vaziri Axmad Dovudo‘g‘luga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Avvalroq portlash oqibatida 2 nafar kishi halok bo‘lgani, 150dan ortiq kishi yaralangani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish