Sport | 15:55 / 07.06.2015
1605
1 daqiqa o‘qiladi

Xavi "Barselona"dagi faoliyati davomida 25ta sovrin yutishga erishdi

«Barselona» yarim himoyachisi Xavi Yevropa Chempionlar Ligasida o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Xavi «Yuventus»ga qarshi uchrashuvning ikkinchi taymida, o‘yinning 74-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Shu tariqa ispan futbolchisi turnirdagi 151-o‘yinini o‘tkazdi va 150 ta uchrashuvda maydonga tushgan Iker Kasilyasdan o‘tib, yaqqol yetakchi bo‘lib oldi.

Bundan tashqari, Xavi «Barselona» tarkibidagi 25-sovrinini qo‘lga kiritdi. 35 yoshli futbolchi 4-marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar sardori yana 8 marta Ispaniya chempionati, 6 marta mamlakat Superkubogi, 3 marta Ispaniya Kubogi hamda 2 martadan Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish