O‘zbekiston | 17:41 / 08.06.2015
2458
1 daqiqa o‘qiladi

“Asaka” banki Koreya banklari bilan 695 mln dollarlik shartnomalar imzoladi

O‘zbekiston delegatsiyasining Janubiy Koreyaga 26 may kuni amalga oshirilgan tashrifi chog‘ida Koreya kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazilib, O‘zbekiston-Koreya biznes forumi o‘tkazilishi doirasida istiqbolli investitsion loyihalar borasida kelishuvga erishildi.

Delegatsiya tarkibida “Asaka” bankining boshqaruv raisi Qahramon Oripov boshchiligidagi vakillari ham bor edi. o‘tkazilgan muzokaralar natijasida bank bir qator Koreya banklari bilan umumiy qiymati 695 mln dollarga teng moliyaviy kelishuvlarni imzoladi.

Jumladan, The Export-Import Bank of Korea bilan 525 mln dollarlik ikkita shartnoma imzolandi. Korea Exchange Bank bilan imzolangan kelishuvning qiymati 100 mln dollarni tashkil qildi. Bundan tashqari, SMBC bilan 70 mln dollarlik shartnoma imzolandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish