Jahon | 06:24 / 09.06.2015
3155
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziyaning sobiq ichki ishlar vazir o‘rinbosari Odessa militsiyasini boshqaradi

Gruziya ichki ishlar vazirligining sobiq xodimi Giya Lordkipanidze Odessa viloyati IIBga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda UNIAN xabar bergan.

Lordkipanidze o‘z vaqtida Gruziyada prezident Saakashvilining yaqin odami bo‘lgan hamda mamlakat IIV rahvari o‘rinbosari hisoblangan.

Mixail Saakashvili Odessa viloyatiga gubernator etib tayinlangach, poraxo‘rlikka qarshi kurash maqsadida viloyat boshqaruv tizimida keng islohotlar o‘tkazishi va amaldorlarni almashtirishini ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish