Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Odessada Rossiyadan aylanib o‘tib Yevropaga yuk yetkazish uchun parom kechuvlari quradi
Odessa viloyat ma'muriyati raisi Mixail Saakashvili Odessadan parom kechuvlari qurib, ular orqali Rossiyadan o‘tadigan yo‘llarni aylanib o‘tgan holda Yevropaga yuk yetkazish borasidagi rejalarini oshkor qildi. Bu haqda shaharning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Axborotnomada ta'kidlanishicha, bu ishga qiziqish bildirgan investorlar ham bor.
“Rossiya orqali yuk 30 kun yo‘l bosadi. Ozarbayjon, Potidan Odessagacha bo‘lgan butun logistika esa 9 kun vaqt oladi. Biznesni bu yerga yo‘naltirish uchun avvalo tariflarni tushirish lozim. Ikkinchidan, parom kechuvlari va logistika markazlari kerak”, – ta'kidladi Gruziyaning sobiq prezidenti.