Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Iroqqa 450 nafar amerikalik harbiy yuborilganini tasdiqladi
AQSh hukumati Iroqqa 450 nafar harbiy instruktor yuborilgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi xabar bermoqda.
Oq uy bergan bayonotda harbiylarning yangi guruhi Iroqqa yuborilishi mahalliy hukumatiga yordam berishga qaratilgan mashg‘ulotning bir qismi bo‘lishi aytilmoqda. Qayd etilishicha, 3 mingga yaqin amerikalik instruktor Iroqda harbiylar bilan ish olib borgan.
Avvalroq AQSh "IShID" bilan kurashish uchun Iroqqa bir necha yuz harbiy maslahatchilarni yuborishga tayyorlanayotgani ma'lum qilingandi.