Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:51 / 11.06.2015
2660
1 daqiqa o‘qiladi
Pxenyandagi osmono‘par mehmonxonada yong‘in chiqdi
Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanda yirikligi bo‘yicha Shimoliy Koreyada ikkinchi raqamli “Koryo” osmono‘par mehmonxonasida yong‘in chiqdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Guvohlarning aytishicha, bino qanotlaridan birida tutun ko‘tarilmoqda, yaqin atrofdagi dahalar o‘rab olingan.
43 qavatli “Koryo” mehmonxonasi Shimoliy Koreyaning sobiq rahbari Kim Ir Sen hokimiyatining oxirlari – 1985 yilda “Shimoliy Koreyaning shuhrati va kuchini ko‘rsatish” uchun qurilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish