Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
14 iyun kuni Jyenevada Yaman bo‘yicha muzokaralar boshlanadi
Yamandagi ixtilof bo‘yicha muzokaralar 14 iyun kuni Jyenevada boshlanadi. Bu haqda BMTning rasmiy vakili Ahmad Favziy ma'lum qildi.
Favziyning ma'lumotlariga ko‘ra, muzokaralarning dastlabki bosqichida BMT bosh kotibi Pan Gi Mun qatnashadi, u turli tomon vakillari bilan eng kamida to‘rtta uchrashuv o‘tkazadi.
Favziy delegatsiyaning tarkibi haqida hech qanday ma'lumot bermadi. Xususan, TASS muxbirining xabar berishicha, u Jyenevadagi matbuot anjumani chog‘ida Yamandagi kuchlarning vakillari sifatida kimlar muzokaralarda ishtirok etishini ma'lum qilmagan.