Jahon | 20:54 / 14.06.2015
3810
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya kichik masofadagi uchta raketa uchirdi

Shimoliy Koreya kichik masofadagi KN-01 turidagi uchta raketani uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya qurolli kuchlari shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi bergan bayonotga iqtibos keltirgan holda “Renxap” axborot agentligi xabar berdi.
“Bizning armiya Shimoliy Koreyaning xatti-harakatlarini kuzatmoqda va turli ig‘volarga tayyor turibdi”, deyildi qo‘mitada.
KN-01 raketalari o‘quv mashg‘ulotlari doirasida Sharqiy Xitoy dengizidagi Mayan oroli tomon uchirildi.
Avvalroq Shimoliy Koreya mamlakat Mehnat partiyasining 70 yilligi munosabati bilan oktabr oyida sun'iy yo‘ldoshga ega raketani uchirishi ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish