Jahon | 14:31 / 16.06.2015
2678
1 daqiqa o‘qiladi

"Al-Qoida Saudiya Arabistonida" guruhi o‘z yetakchisining o‘ldirilganini tasdiqladi

"Al-Qoida Saudiya Arabistonida" guruhi jangarilari Nosir al-Vahshiyning o‘ldirilgani haqidagi xabarni tasdiqlashdi.

Ma'lum bo‘lishicha, u Yamanning Xadramaut viloyati hududiga berilgan havo hujumi vaqtida halok bo‘lgan.

Biroz oldinroq, uning 13 iyun kuni o‘ldirilgani haqida xabar qilingandi.

Ma'lumot uchun, Al-Vahshiy 2007 yildan buyon "Al-Qoida Saudiya Arabistonida" guruhi yetakchisi hisoblanar edi. Bu guruh 2009 yilda Saudiya Arabistonidagi "Al-Qoida" guruhi bilan birlashgan. Bu guruh jangarilari Saudiya Arabistoni yarimorolidagi g‘arblik sayyohlar hamda G‘arb mamlakatlari elchixonalariga, aksilterror idoralarning binoalari hamda neft bazarlariga hujumlar uyushtirish bilan shug‘ullanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish