Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gap kompaniyasi AQShda va Yevropada 175 do‘konini yopadi
Dunyodagi eng yirik kiyim-kechak riteyleri, Gap, Banana Republic va Old Navy brendlari egasi bo‘lgan Gap kompaniyasi AQSh va Yevropa davlatlarida joylashgan 175 do‘konini yopmoqchi. CBS kanalining eslatib o‘tishicha, kompaniya dunyo bo‘ylab 3 mingdan ortiq savdo nuqtalariga ega hisoblanadi.
Ta'kidlanishicha, yopilayotgan do‘konlar past daromad keltiradi yoki muvaffaqiyatsiz hududlarda joylashgan.
Kompaniya rahbari Art Pekning so‘zlariga qaraganda, bir qator do‘konlarning yopilishi bilan bir qatorda, shtab-kvartira xodimlarining bir qismi ishdan bo‘shatiladi.