Jahon | 06:15 / 19.06.2015
1147
1 daqiqa o‘qiladi

Daniyada parlament saylovida dastlabki natijalariga ko‘ra muxolifat yetakchilik qilmoqda

Daniyadagi parlament saylovlarida ovozlarning yarmi hisoblanganidan keyin muxolif Konservativ partiya yetakchilik qilmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda Daniya telekanallari xabar bergan. 50 foiz ovozlar hisoblangandan keyin yangi chaqiriqdagi parlamentda 92ta o‘rin mamlakatning sobiq bosh vaziri Lars Lyokke Rasmussen boshchiligidagi muxolif partiyalarga tegdi.

Amaldagi bosh vazir Xelle Torning-Shmittning So‘l-markaziy koalitsiyasi 83ta o‘rinni egallamoqda.

Saylov natijalariga ko‘ra eng muvaffaqiyatli partiya ro‘yxatlariga, taxminlarcha, Torning-Shmitt Sotsial-demokratik partiyasi va Daniya xalq partiyasi vakillari ea bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish