Jahon | 06:17 / 22.06.2015
1245
1 daqiqa o‘qiladi

Misr keyingi 3 yil ichida ilk marta Isroildagi elchisini tayinladi

Misr hukumati uch yillik tanaffusdan keyin Isroilga o‘z elchisini yubordi. Bu haqda Reyter xabar berdi.

"Prezident Abdul-Fattoh As-Sisi Xazim Hayratni Misrning Tel-Avivdagi yangi elchisi sifatida tayinlash haqida farmonini imzoladi", deyiladi MENA axborot agentligi xabarida.

Qayd etilishicha, bu qaror ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash maqsadida qabul qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish